35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
19¹-modda.

SESSIYA OLDI KUN TARTIBIGA KIRITILADIGAN MASALALAR DOIRASIDA DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI.

#kunlik_ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Jamshid Raximqulov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi tizimida dori-darmon vositalarini xarid qilish, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlanganlik hamda ularning yetkazib berilishi holati yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida 5-sonli oilaviy poliklinikaga qarashli Qorasuv filialidagi mavjud holat, tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur dori-darmon vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari va ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida DMT orqali bugun ro‘yxatdan o‘tkazilgan fuqarolar soni 19 nafarni tashkil etgani haqida deputatga ma’lumot berildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva ham ishtirok etdi.

O‘rganish natijalari sessiya oldi kun tartibiga kiritiladigan masalalar doirasida tahlil qilinib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantiriladi.

Slide 1 of 4