35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Oybibi Artiqova Qadriyat mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi Avezova Norgul bilan birgalikda ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolar xonadonlarida bo‘ldi.
Jumladan, Yangi Turmush ko‘chasi 26-uyda yashovchi Shahriyorova Yarqino va Tashabbus ko‘chasi 25-uyda yashovchi Allaberganova Leninza xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi hamda mavjud muammo va ehtiyojlari o‘rganildi.
Tashrif davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday amaliy tashriflar aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning muammolariga manzilli yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1