35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🏫 DEPUTATLIK NAZORATI: GULISTON MAHALLASIDA 90 O‘RINLI YANGI BOG‘CHA BUNYOD ETILMOQDA


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

🏗 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida yangidan barpo etilayotgan 90 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish va jihozlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

🔎 O‘rganish davomida obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari, binoning jihozlanishi hamda ishlarning loyiha talablariga muvofiqligi holatiga e’tibor qaratildi.

📌 Mas’ullarga qurilish va jihozlash ishlarini sifatli tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda, o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

👧🏻👦🏻 Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi mahalla bolalari uchun zamonaviy va qulay ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4