35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Taxiatoshda bayram tuhfalari davom etmoqda: «Keneges» da zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish markazi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Taxiatosh tumanida bayram tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Bugun tumanimizdagi «Keneges» ovul fuqarolar yig‘ini hududida yana bir muhim obyekt — aholiga qulaylik yaratish maqsadida bunyod etilgan Maishiy xizmat ko‘rsatish markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Maskanning ochilish tadbirida tuman hokimi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich, deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna, tuman prokurori A.Kipshakbaev, tuman IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov, shuningdek, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur ko‘rkam majmua ham Prezidentimizning 5246-sonli qarori asosida, «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasi doirasida barpo etildi. Qurilish va obodonlashtirish ishlari «Voris China» MCHJ tomonidan amalga oshirildi. Loyihaning umumiy tender qiymati 3 milliard 573,7 million so‘mni tashkil etib, qurilish-montaj ishlari yuqori sifatda bajarildi.

Barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu yangi markaz hudud aholisi uchun turli kundalik maishiy xizmatlarni bir joyda mujassam etib, ularning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga xizmat qiladi. Ushbu majmua ham qishloq infratuzilmasini yaxshilash, ham yangi ish o‘rinlari yaratish yo‘lida chinakam munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.

Slide 1 of 10