Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Har bir murojaat — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 1-“Oqoltin” saylov okrugidan saylangan deputati Dilfuza Choriyeva tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov bilan birgalikda “Muzrabot darvoza” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini joyida o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi 7 ta ko‘chaning navbatdagi qismi — 6-ko‘chadagi xonadonlar qamrab olinib, 15 nafar fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot qilindi.

Muloqotlarda fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar sharoiti, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l, obodonlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

⬇️ O‘rganish natijalari:
🔹 15 nafar fuqaro bilan muloqot qilindi;
🔹 5 ta murojaat va taklif o‘rganildi;
🔹 2 ta masala tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi;
🔹 1 ta masala deputatlik nazoratiga olindi;
🔹 6 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan muammolar ko‘chama-ko‘cha o‘rganish jurnaliga qayd etilib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 3