35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“Xomkon” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil #deputat_okrugida

“Xomkon” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat U. Yangiboyev o‘z saylov okrugidagi “Xomkon” mahallasida joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan obodonlashtirish va hashar ishlarida faol ishtirok etdi.

Hashar davomida maktab hududini obodonlashtirish, mavjud hududlarni tartibga keltirish, tozalikni ta’minlash hamda atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Deputat U. Yangiboyev ham hasharda faol qatnashib, maktab jamoasi va mahalla faollari bilan birgalikda hududni tozalash va obodonlashtirish ishlariga hissa qo‘shdi.

Shuningdek, jarayon davomida maktab hududining umumiy holati, obodonlashtirish ishlari va ta’lim muassasasida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.
Bunday obodonlashtirish tadbirlari ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash, o‘quvchilar uchun toza, ozoda va qulay muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputatlik faoliyati — hudud obodligi va aholi manfaatlari yo‘lida!

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 1