35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
MUSTAQILLIK BAYRAMI OLDIDAN PARKENT DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami oldidan aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash,bozorlarda narx-navoni barqarorlashtirish hamda mahsulotlar narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Parkent dehqon bozorida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Nazorat tadbirida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov, tuman prokurori Qaxramon Mirsagatov, tuman IIB boshlig‘i Jamshidbek Kosimov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abduvali Maxamatov hamda “Parkent dehqon bozori” MChJ direktori Murod Egamberdiyev ishtirok etdi.O‘rganish davomida bozordagi narx-navoning barqarorligi, savdo rastalarida yaratilgan sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi.Xususan, “Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”da sotilayotgan go‘sht,guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlariga alohida e’tibor qaratildi. Sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud holat yuzasidan fikrlar o‘rganildi.Nazorat jarayonida tuman Kengashi deputati Elmurod Po‘latov tomonidan tadbirkor va sotuvchilarga mahsulot narxlarini asossiz ravishda oshirmaslik,
aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari bozorlarda tartib va barqarorlikni ta’minlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda aholini maqbul narxlardagi sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 6