35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
TADBIRKORLIK LOYIHALARINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “15-Cho‘rindi” saylov okrugi deputati A.Sharipov hududiga kiruvchi “Cho‘rindi” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari S.Qarabayev ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv va yig‘ilish o‘tkazildi.

➡️Yig‘ilishda hududda parandachilik yo‘nalishini rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Xususan, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil etish, parranda sonini ko‘paytirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish hamda ichki bozorni sifatli parranda go‘shti va tuxum mahsulotlari bilan ta’minlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

➡️Shuningdek, tadbirkorlarning moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit mablag‘laridan foydalanish, yer va infratuzilma masalalari, elektr energiyasi hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan bog‘liq taklif va murojaatlari tinglandi.

➡️Uchrashuv davomida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va hududda parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab olish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 4