Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Xotin-qizlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan “Vaqf chorsu” MFY xotin-qizlar faoli M.Ilmiyaminovaning O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida olib borayotgan faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy muammolarini o‘rganish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish natijasida “Vaqf chorsu” MFY xotin-qizlar faoli M.Ilmiyaminova tomonidan:

12 nafar ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgani;

4 nafar xotin-qizning ijtimoiy holati o‘rganilib, “Ayollar daftari”ga kiritilgani;

12 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi berilishida amaliy yordam ko‘rsatilgani;

34 nafar xotin-qiz kasanachilikka jalb etilgani;

2 nafar xotin-qizga imtiyozli kredit ajratilishida ko‘maklashilgani;

41 nafar xotin-qizga psixologik yordam ko‘rsatilgani;

️14 nafar xotin-qizga shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Ayniqsa, xotin-qizlarni kasanachilikka jalb etish va imtiyozli kreditlardan foydalanishlariga ko‘maklashish orqali ularning iqtisodiy faolligini oshirish va daromad manbalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3