Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

🇺🇿Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Murzametova M. tomonidan “Ahilobod” mahallasida xotin-qizlarni xatlov jarayoni bilan yaqindan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida mahalla raisi faoliyati, aholining murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

👉Shuningdek, mahallada obodonlashtirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolar bilan muloqotni kuchaytirish hamda mahalla raisi tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

✔️Deputat tomonidan mahallada mavjud masalalarni joyida o‘rganish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahalla raisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar bildirildi.

📝Mazkur o‘rganish ishlari “mahalla yettiligi — mahalliy Kengash — Senat” hamkorligini mustahkamlash, aholining muammolarini mahalla darajasida aniqlash va ularni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1