Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“Yangiobod” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#nazorat_tahlil #deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_okrugida

“Yangiobod” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan deputat B.Bo‘tayeva o‘z saylov okrugi hududidagi “Yangiobod” mahallasida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari X.Xudoynazarov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov hamda mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi obodonlashtirish ishlarini deputatlik nazorati doirasida o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallaning ichki ko‘chalarida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan beton ariqlar o‘rnatish va asfaltlash ishlarini boshlash arafasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va samarali amalga oshirilishi, mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jarayon yuzasidan mas’ullar bilan tegishli masalalar muhokama qilinib, ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4