Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“Gulzor” mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi o‘rganildi

#deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_okrugida

“Gulzor” mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatning saylov okrugidagi “Gulzor” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi muammolarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida “Mustaqillik” ko‘chasida hashar yo‘li bilan barpo etilayotgan 1 200 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mazkur piyodalar yo‘lakchasi 11-sonli umumta’lim maktabiga olib borishi sababli, uning barpo etilishi o‘quvchilarning maktabga qatnashi uchun yanada qulay, xavfsiz va tartibli harakatlanish sharoitini yaratishi ta’kidlandi.

Shuningdek, yo‘lakcha qurilishida zarur amaliy yordam ko‘rsatish, ishlarni sifatli yakunlash hamda o‘quvchilar va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish, qurilish ishlariga zarur yordam va ko‘makni jalb etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3