Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
YANGIXAYOT MAHALLASIDA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 YANGIXAYOT MAHALLASIDA MANZILLI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Dadajonov hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Yangixayot mahalla
fuqarolar yig‘ini hududida, xususan, Yangixayot ko‘chasida aholi bilan bevosita
muloqot qilish va hududdagi mavjud holatni o‘rganish maqsadida manzilli
o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida deputat A.Dadajonov ko‘chaboshi I.Raxmonov bilan
birgalikda mahalla hududini aylanib, ko‘chalardagi obodonlashtirish va
sanitariya holati, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ichki yo‘llar,
elektr ta’minoti, tashqi yoritish, ichimlik suvi hamda boshqa kommunal va
ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining holati bilan tanishdi.
 

Shuningdek, xonadonlar va ko‘cha hududlarida aholini qiynayotgan masalalar,
mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha fuqarolarning taklif va
mulohazalari o‘rganildi.
 

Aniqlangan
muammo va takliflar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi hamda
ularni ijobiy hal etish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5