Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI



Yangi bog‘ MFY hududidagi Eshonguzar ko‘chasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

O‘rganish davomida 2,4 kilometr uzunlikdagi yo‘lni joriy ta’mirlash ishlari bilan bir qatorda, ko‘cha bo‘yidagi beton lotoklarning ayrim qismlari ochiq holda qoldirilayotgani, bu esa fuqarolar uchun noqulaylik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

Aniqlangan muammo deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, uni bartaraf etish yuzasidan 21-B. Marg‘iloniy saylov okrugi deputati R.Alijonova tomonidan Marg‘ilon shahar hokimi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida mavjud holatni o‘rganish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Masala deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 1