35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Shahriobod mahallasida bo‘lib, mahalladagi “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan
uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi”ning har bir a’zosi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha olib borayotgan ishlari, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash borasidagi faoliyati muhokama qilindi.
Mahalla hududidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglanib, mas’ullarga aholi bilan tizimli va manzilli ish olib borish, har bir murojaatga e’tiborli yondashish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raхimov mahalladagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning ijobiy yechimini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. 

Slide 1 of 5