35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputat tomonidan "Iste'mol krediti to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Deputat tomonidan "Iste'mol krediti to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 9-Rovatak saylov okrugi deputati B.Baxovadinov tomonidan Agrobank ATB O‘rta Chirchiq tuman filialida O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-maydagi "Iste'mol krediti to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–33) ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔹O‘rganish davomida filial tomonidan iste'mol kreditlarini ajratish jarayonida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, kredit oluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlari ta'minlanishi, iste'mol krediti shartnomalarining qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda fuqarolarga kredit shartlari, foiz stavkalari, to‘lov muddatlari va boshqa muhim shartlar yuzasidan to‘liq va xolis axborot taqdim etilishi holati o‘rganildi.

🔹Shuningdek, iste'mol kreditlari ajratishda shaffoflikni ta'minlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, kredit ajratishni rad etish asoslari, mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan mas'ul xodimlarning axborotlari tinglandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4