Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Surxondaryo suv ta’minoti AJ Qiziriq tumani filialida qonun ijrosi va hamkorlik masalalari o‘rganildi

#Biriktirilgan_tashkilot
#Kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Deputat_faoliyati
#Qonun_savolnoma

Surxondaryo suv ta’minoti AJ Qiziriq tumani filialida qonun ijrosi va hamkorlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov hamda tuman Kengashiga 25-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat K.Mirzayev bilan birgalikda deputatga biriktirilgan tashkilot – Surxondaryo suv ta’minoti AJ Qiziriq tumani filialida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish, soha faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish hamda ularni belgilangan tartibda taqdim etish masalalari yuzasidan mas’ul xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-784-son, 2022-yil 22-iyul) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazilib, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suv tizimlari faoliyati hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3