Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Mahallalar uyushmasida qonun ijrosi va hamkorlik masalalari o‘rganildi

Mahallalar uyushmasida qonun ijrosi va hamkorlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat D.Xoliqovaga biriktirilgan tashkilot — O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Qiziriq tumani bo‘limida bo‘ldi.

Tashrif davomida deputatga biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi doirasida hamkorlikdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish, soha faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish hamda tegishli tartibda taqdim etish masalalari yuzasidan mas’ul xodimlar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2013-yil 22-aprel, O‘RQ-350-son) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish davomida qonun talablarining ijrosi, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3