Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazgan uchrashuvlari hamda joyiga chiqib olib borgan o‘rganishlari davomida nogironligi bo‘lgan fuqaro Mahkamova Gulchehra Xoshimovna tomonidan yashab turgan yotoqxonadan joy ajratish yoki Qariyalar uyiga joylashtirish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaroning murojaatini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, uning ijtimoiy holatini atroflicha o‘rganish, yotoqxonadan joy ajratish yoki Qariyalar uyiga joylashtirish masalasini amaldagi qonunchilik asosida hal etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma javob taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2