Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
"Tashabbusli budjet" loyihasi ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

2026-yil "Tashabbusli budjet" dasturining 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalar ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish doirasida Qo‘qon shahar 2-son texnikumi uchun zarur jihozlarni xarid qilish bo‘yicha g‘olib bo‘lgan loyihaning amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limining mas’ul xodimi M.Qurbonov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning moliyalashtirilish holati, xarid qilingan jihozlarning tasdiqlangan smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda texnikumning smetada ko‘rsatilgan mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, xarid qilingan jihozlarning sifati, ularning ta’lim jarayoniga mosligi va amaliy foydalanish holati ko‘zdan kechirilib, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha ijrosi deputatlik va jamoatchilik nazoratida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring tadbirlari muntazam davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4