Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Profilaktika inspektori faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan "Degrizlik" mahalla fuqarolar yig‘inida profilaktika inspektori S.Akbarovning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi hamda profilaktika inspektori tomonidan hududda amalga oshirilayotgan xizmat faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, profilaktika inspektorining xizmat uyi bilan ta’minlanganligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan kompyuter, planshet va internet vositalari bilan to‘liq jihozlanganligi o‘rganildi.

Shuningdek, so‘nggi bir yil davomida mahalla hududidagi jinoyatchilik dinamikasi, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan profilaktik chora-tadbirlar hamda bu boradagi natijalar muhokama qilindi.

Alohida e’tibor voyaga yetmaganlar, ilgari sudlangan shaxslar va nizoli oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlarga qaratilib, ushbu toifadagi fuqarolar bilan individual ishlash tizimi o‘rganildi.

Bundan tashqari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, zarur hollarda "Himoya orderi" berish, uning ijrosini nazorat qilish hamda jabrlanuvchilarni huquqiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3