Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputat Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan 5-Charx Kamolon saylov okrugi hududidagi 2-Charx Kamolon mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi.



O‘rganish jarayonida, xususan, oilalarda ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mahalla mutasaddilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🔴Ta’kidlanganidek, jamiyatda mustahkam oilalarni shakllantirish va ajrimlarning oldini olish bugungi kunning eng muhim ijtimoiy vazifalaridan biridir.

Shu bois mahallalarda profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari, oilaviy nizolarni erta bosqichda bartaraf etish, xotin-qizlarga huquqiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ajrimlarning asosiy sabablari sifatida uchinchi shaxslarning oilaviy munosabatlarga aralashuvi, moddiy qiyinchiliklar, er-xotin o‘rtasidagi ishonchning yo‘qolishi va xiyonat, oilaviy zo‘ravonlik, shuningdek, yoshlarning oilaviy hayotga yetarli darajada tayyor emasligi qayd etildi.

Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, oilalar bilan manzilli ishlash hamda ajrimlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2