Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI



🔰 Avval o‘tkazilgan uchrashuvda aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati N. Zafarova, Kengash kotibiyati mutaxassisi J. Ashurboyev hamda Do‘stlik mahallasi faollari ishtirokida hududda joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔍 O‘rganish davomida mahallaning Navqiron ko‘chasida Do‘stlik kanalidan ichki ariqlarga suv yuborilayotgani, biroq ayrim ariqlarning to‘lib qolgani hamda talab darajasida ishlamasligi sababli sug‘orish suvlari aholi tomorqalariga toshib kirayotgani aniqlandi. Natijada tomorqalarda suvning dimlanishi kuzatilayotgani va bu holat fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi.

📝 Shuningdek, o‘rganish jarayonida hududda mavjud boshqa dolzarb masalalar ham ko‘zdan kechirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta'kidlandi.
✅ Aniqlangan muammolar saylov okrugidagi muammolarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4