Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa
#deputat_so'rovi


🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "5-O'tkir" okrugi deputati Abdullayev Ibrohimjon Nig'matillayevich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📊 Saylov okrugi hududidagi O‘tkir mahallasida joylashgan 30-uyning orqa tomonida joylashgan bolalar maydonchasi ko‘zdan kechirilib, mazkur bolalar maydonchasi ta’mirtalab holatda ekani, bolalar uchun yetarli darajada qulay va xavfsiz sharoitlar mavjud emasligi aniqlanganligi, ushbu holat mahalla hududida bolalar uchun munosib dam olish va o‘yin maydonini yaratish zaruratini yuzaga keltirayotganligi qayd etilgan.

Ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan:

✍️ mazkur hududni mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish;

✍️ 30-uy orqa tomonidagi bolalar maydonchasini tartibga keltirish, ta’mirlash va bolalar uchun yaxshi sharoit yaratish maqsadida uni navbatdagi dasturlarga kiritish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish;

✍️ amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, ijrosini ta’minlash;

✍️ ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qarorlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ravishda asoslantirilgan javob taqdim etish so'ralgan.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1