Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Ijtimoiy himoya va inson qadri nazoratda: "Do‘stlik" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

💬Mazkur o‘rganish jarayonlari quyidagi muhim normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini amalda ta’minlash maqsadida tashkil etildi:

🟢PF–116-sonli Farmon: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni;

🟢O‘RQ-415-sonli Qonun: O‘zbekiston Respublikasiavining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni.

💬Tashrif davomida deputat va mutaxassis mahalladagi ijtimoiy xodimning ish samaradorligini va uning "mahalla yettiligi" tarkibidagi faolligini yuqoridagi qonun va farmon talablari asosida tahlil qildilar. Xususan:

🟢Ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi: Mahalladagi yolg‘iz keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar va nogironligi bor fuqarolarning ro‘yxatlari, ularga ko‘rsatilayotgan kunlik ijtimoiy-maishiy yordamlar holati;

🟢Muammolarni erta aniqlash: Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand xonadonlarning sharoitlarini "xonadonbay" muntazam o‘rganib borish, ijtimoiy reyestrlar va daftarlar bilan ishlash sifati;

🟢"Mahalla yettiligi" bilan hamkorlik: PF-116-sonli Farmon talablaridan kelib chiqib, ijtimoiy xodimning mahalla raisi, hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli bilan birgalikda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularga manzilli moddiy hamda ruhiy ko‘mak berish borasidagi integratsiyasi ko‘rib chiqildi.

💬"Keksalarimiz, nogironligi bor shaxslar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar davlat himoyasini har kuni, o‘z xonadonida his qilishi kerak. Mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning mas'uliyati juda yuqori. Uning ishi qog‘ozdagi hisobotlar uchun emas, balki har bir ko‘makka muhtoj insonning og‘irini yengil qilishga qaratilishi shart," — deya ta'kidladi deputat.

🫥O‘rganish yakunida "Do‘stlik" mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, ehtiyojmand qatlam vakillarining muammolarini tezkor hal etishda deputat va mahalla hamkorligini kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2