Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jondor tumani Kengashi raisi B.Enazarovlar ishtirokida O‘zbekiston nogironlar jamiyati Jondor tuman bo‘linmasi boshlig‘i Z.To‘xtayevning joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti keng muhokama qilindi.
✔️Muhokama jarayonida tumanda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlardan samarali foydalanishini ta’minlash, bandlikka ko‘maklashish hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi.
✔️Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘z vaqtida o‘rganish, dolzarb muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✔️Hisobot muhokamasi davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
✔️Ta’kidlanganidek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar ustidan jamoatchilik nazorati va deputatlik nazoratini izchil davom ettirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4