Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Jondor tumani “Oqtepa” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murojov hamkorligida Jondor tumani “Oqtepa” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda muammoli holatdagi xotin-qizlar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
📌Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash holati, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, huquqiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish ishlarining tashkil etilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📌O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ularning bandligi va daromad manbaini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📌Ta’kidlanganidek, mahallada xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda munosib turmush sharoitini yaratish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ustidan doimiy deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 2