Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputat faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim maskanlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov Tursunqul tomonidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov bilan hamkorlikda "Yangiyer" mahallasida joylashgan 47-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinfxonalarning shayligi, amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Qisqa muddatda zarur ta’mirlash ishlari yakunlanib, sinfxonalar tartibga keltirilgani hamda maktab hududi obodonlashtirilgani e’tirof etildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sohasidagi islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✅ Deputatlarning joylardagi bunday o‘rganishlari ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni yaqindan baholash, aniqlangan masalalarni hal etish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 3