Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, kotibiyat mudiri X. Berdiyarova fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga yuborilgan 2026-yil 8-iyuldagi 97-ds-384-26-sonli deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan mas’ul xodim bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida "Olmazor" mahallasi fuqarolari Q. Mallaev, ko‘cha boshilari S. Mamatqulov hamda S. Karimberdi tomonidan ko‘tarilgan murojaat atroflicha muhokama qilindi. Murojaatda mahallaning "Yangi kun", "Yangi hayot", "Tinchlik", "Vatan" va "Ma’rifat" ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholi tomorqalarini sug‘orish maqsadida barpo etilgan ikkita tik quduq uzoq vaqt davomida ishlamayotgani, buning oqibatida inshootlar yaroqsiz holatga kelib qolgani qayd etilgan.

Mazkur masala yuzasidan mavjud holat tahlil qilinib, tik quduqlarni qayta ishga tushirish hamda fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masalani qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati tomonidan deputat so‘rovlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3