Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda

Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni reyestrga kiritish, murojaatlarni ko‘rib chiqish, advokatlarni elektron tizim orqali tanlash hamda ularga haq to‘lash tartiblari aniq belgilab berildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan shaxslar, ruhiy holati buzilgan fuqarolar, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi yuzasidan sudga murojaat qilgan shaxslar hamda jinoyat ishlari bo‘yicha himoyaga muhtoj fuqarolarga davlat hisobidan malakali yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmlari yanada soddalashtirildi.

Qarorga muvofiq, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatlarni tasodifiy elektron tanlash, xizmat sifatini nazorat qilish va moliyalashtirish jarayonlari raqamlashtiriladi.