Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun

“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-oktabrdagi 615-son qarori bilan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq bir qator hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Mazkur qaror mikrokredit tashkilotlari, lombardlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash va moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq:
— “mikrokredit” atamasi bir qator hujjatlarda “mikromoliya” soʻzi bilan almashtirildi;
— nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga oid qonunosti hujjatlari tizimlashtirildi;
— lombardlar va mikromoliya tashkilotlari reyestrlarini yuritish tartibi belgilandi;
— ayrim eskirgan hukumat qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.

Shuningdek, mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatildi.

Ushbu hujjat mamlakatda mikromoliyalashtirish tizimini yanada rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar ochiqligi va samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.