Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Choriyevning 2026-yilning ikkinchi choragi davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning barvaqt profilaktikasini tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Muhokamalar davomida hududdagi kriminogen vaziyat, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni kamaytirish, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish hamda mutasaddi idoralar hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi

Slide 1 of 4