Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyati o‘rganilmoqda

Deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, deputatlarga biriktirilgan tashkilot va muassasalar faoliyatini o‘rganish, ularda olib borilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini baholash yuzasidan o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish tuman Kengashi deputatlari Sh.Norsayev, G.Shafoatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi K.Abdullayeva ishtirokida "Toza hudud" DUK Termiz tuman filialida o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida:

korxonaning moddiy-texnik bazasi va maxsus texnikalarning shayligi;
maishiy chiqindilarni belgilangan grafik asosida olib chiqish holati;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi;
debitor qarzdorlik holati hamda xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, korxona mas’ullari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. Xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish, tizim samaradorligini oshirish hamda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun: Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga asosan deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilot va muassasalar faoliyatini o‘rganish ishlari muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4