Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi manzilli o‘rganildi

Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi manzilli o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, deputat G. Shafoatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi T. Murodov tomonidan Yangihayot mahallasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan "yo‘l xaritalari" asosida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi manzilli o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning bajarilish holati, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tahlil qilindi. Jumladan, mazkur hududda aholini tomorqa suvi bilan ta’minlash, ayniqsa suvning olis hududlargacha yetib bormasligi bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lgani, bugungi kunda esa ushbu muammo ijobiy hal etilib, tomorqa suvi uzoq hududlardagi xonadonlargacha yetkazib berilgani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq hududlarni kompleks rivojlantirish, "yo‘l xaritalari"da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda ularning amaliy ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4