35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputatning biriktirilgan tashkilot bilan hamkorligi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "22-Bag‘dod" saylov okrugi deputati O.Maxmudov hamda deputatga biriktirilgan tashkilot – Bag‘dod tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i D.Niyozmatov bilan hamkorlikda fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za parvarishi ishlari yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

🌿 O‘rganish davomida g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, sug‘orish, kultivatsiya, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi olib borilayotgan profilaktik ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, fermerlar bilan muloqot qilinib, vegetatsiya davrida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan tavsiya va takliflar muhokama qilindi.

🌾 Ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini agrotexnik talablar asosida parvarishlash kelgusida mo‘l va sifatli hosil olishning muhim omili hisoblanadi. Shu bois bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda fermerlarga amaliy ko‘makni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 3