35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi, "9-Tuvadoq" saylov okrugi deputati D.Karimova hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan birgalikda "Tuvadoq" mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan faoliyat va aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 19 nafar fuqaro davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingani, 48 ta kambag‘al oila hamda 5 ta kambag‘allik chegarasidagi oila bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 38 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Mahallada 85 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qilayotgani, ulardan 3 nafariga reabilitatsiyaning texnik vositalari va protez-ortopediya (RTV/POM) mahsulotlari yetkazib berilgani, shuningdek, 1 ta ehtiyojmand oilaning uy-joyi ta’mirlangani qayd etildi.

Monitoring jarayonida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, ehtiyojmand fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar sifati hamda ko‘rsatilayotgan yordamlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3