35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
XO‘JAQISHLOQ MAHALLASIDA YANGI TIKUVCHILIK SEXI FAOLIYAT BOSHLADI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "7-Yo‘ldashobod" saylov okrugi deputati M.Dehqonovning tashabbusi va bevosita ko‘magi bilan "Xo‘jaqishloq" mahalla fuqarolar yig‘inidagi uzoq yillar bo‘sh turgan bino to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy tikuvchilik sexi tashkil etildi.

Mazkur loyiha natijasida mahalladagi 20 ga yaqin xotin-qizning doimiy bandligi ta’minlanib, ularning daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratildi. Bu esa xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik va mehnat faoliyatini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Bugun tikuvchilik sexining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Bag‘dod tumani hokimi M.Isaqov, Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati M.Dehqonov hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev ishtirok etib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar hamda ushbu loyiha mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning turmush farovonligini oshirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

✅ Bunday tashabbuslar mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Slide 1 of 4