35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Doimiy komissiya yig‘ilishida yoshlar uchun yangi loyiha muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Qo‘qon shahridagi “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy infratuzilmani yaratishga qaratilgan “Yoshlar kreativ xiyoboni” loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mazkur loyihani amalga oshirish hamda qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida loyihaning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar uchun yaratiladigan yangi imkoniyatlar, mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, loyiha doirasida yoshlarning intellektual, madaniy va ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida “Yoshlar kreativ xiyoboni” loyihasini amalga oshirish va uni moliyalashtirish bo‘yicha navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4