35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan “Quyosh” mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi Narimonov Elmarbekning faoliyati, xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon 4 nafar yoshning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, uyushmagan yoshlarni “Besh tashabbus” doirasidagi sport musobaqalariga keng jalb etish natijasida 1 nafar yosh respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida 3 nafar yoshni kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli yo‘llanmalar berilgani qayd etildi.O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3