35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Kengash_faoliyati
#ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#kotibiyat_xodimi

📊Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Obikor" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi

🗣Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholini doimiy daromad manbai bilan ta'minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

📍Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 20-"Obikor" saylov okrugi deputati X.Salomov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar “Obikor” mahallasida bo‘ldilar.

⏺Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kundagi ish faoliyati, belgilangan reja va vazifalarning ijrosi atroflicha va tanqidiy tahlil qilindi.

💬Tahlil jarayonida quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

🟢Aholi bandligi: Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy va barqaror daromad manbaiga ega qilish borasida ko‘rilayotgan choralar samaradorligi;

🟢Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli hamda samarali sarflanishi holati;

🟢Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning "xonadonbay" sharoitlarini o‘rganish va ularni daromadli mehnatga (kasb-hunarga) jalb qilish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.

💬"Hokim yordamchisining faoliyati qog‘ozdagi hisobotlar yoki quruq raqamlar bilan emas, balki mahallada yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, muqim ishli bo‘lgan fuqarolar va daromadi oshgan xonadonlar soni bilan baholanishi shart. Bu borada deputat bilan hamkorlikda ishlash muammolarga tezkor va qonuniy yechim topish imkonini beradi," — deya ta'kidladi deputat X.Salomov.
Slide 1 of 1