35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Chortut mahallasida aliment to‘lovchi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bozorova tomonidan Chortut mahallasida yashovchi aliment to‘lovchi fuqarolar bilan mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallada jami 65 nafar aliment oluvchi fuqaro mavjudligi, shundan 21 nafarining holatiga aniqlik kiritilib, ularda aliment qarzdorligi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 32 nafar fuqaro hozirgi kunda Chortut mahallasi hududida yashamasligi aniqlandi.

Deputat tomonidan qolgan fuqarolarning holati bo‘yicha ham tegishli ma’lumotlarni shakllantirish, aliment to‘lovlari ijrosini nazorat qilish hamda muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan mahalla yettiligiga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, oilaviy munosabatlarda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1