Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Arzonlashtirilgan sabzavot mahsulotlarining savdosi va saqlanish holati o‘rganildi

Arzonlashtirilgan sabzavot mahsulotlarining savdosi va saqlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gulshan Zokirovna Xasanova, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan Navoiy shahridagi Markaziy dehqon bozorida monitoring o‘tkazildi.

Monitoring davomida aholiga taklif etilayotgan arzonlashtirilgan sabzavot mahsulotlarining narxlari, sifati, yetarli miqdorda mavjudligi hamda ularning saqlanish sharoitlari o‘rganildi. Shuningdek, mahsulotlarni saqlashda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, savdo jarayonining belgilangan tartib asosida tashkil etilgani ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Bunday monitoring tadbirlari aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda savdo xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5