35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputat N. Allayorova tomonidan OSHP xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Allayorova tomonidan Ilm mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan oilaviy shifokorlik punkti (OSHP) xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida sog‘liqni saqlash tizimida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bemorlarga xizmat ko‘rsatishda halollik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari va javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Xodimlar o‘z faoliyatida ochiqlik va mas’uliyatni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida sog‘liqni saqlash sohasida sifatli va halol xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, aholining ishonchini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Slide 1 of 1