Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
SOYCHA MAHALLASIDA YANGI MAKTAB QURILISHI MASALASI MUHOKAMA QILINDI

osonsoy tumani Soycha mahallasining Qayirma ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan hududda 600 o‘rinli zamonaviy umumta’lim maktabi qurish masalasi ko‘tarildi.

👥 Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati M. Teshaboyev aholi bilan uchrashib, mavjud muammo va takliflarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Uchrashuv davomida fuqarolar hududda maktab yetishmasligi, o‘quvchilarning uzoq masofadagi ta’lim muassasalariga qatnab o‘qishga majbur bo‘layotgani hamda bu holat ota-onalar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladilar.

🗣 Aholining fikricha, Qayirma ko‘chasida yangi zamonaviy maktab qurilishi nafaqat o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratadi, balki mahalla infratuzilmasining rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

📂 Deputat M. Teshaboyev tomonidan fuqarolarning murojaatlari batafsil tinglanib, hududdagi mavjud yer maydoni va qurilish imkoniyatlari ham ko‘zdan kechirildi. Bildirilgan taklif va ehtiyojlar asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish hamda mazkur masalani xalq bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 3