Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Moynaq rayonında investiciyalıq joybar jumısı úyrenildi
янв.21
Мойнақта Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Máhálledegi hayal-qızlar belsendileri tárepinen ámelge asırılıp atırǵan ilajlardıń nátiyjeliligin úyrenildi
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ" МЕНЕН УШЫРАСЫЎ.
янв.21
Үйрениў жумыслары
янв.21
Deputat sorawı nátiyje berdi.
янв.21
Үйрениў жумыслары
янв.21
Үйрениў жумыслары
янв.21
Спорт инфраструктурасы
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Paxtakor” mahallasida joylashgan 9-OSHP binosida olib borilgan qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlangan bo‘lishiga qaramay, bir qator kamchiliklar hanuzgacha bartaraf etilmaganligi sababli bugun deputat tomonidan tanqidiy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida bino holati joyida ko‘zdan kechirilib, qator muammolar aniqlandi. Xususan, yangi hojatxona foydalanishga topshirilgan bo‘lsa-da, kanalizatsiya tizimi ishlamagani sababli undan foydalanish imkoni mavjud emas. Suv ta’minoti yo‘qligi, eshik oynalari o‘rnatilmagani hamda ularning soz holatda emasligi qayd etildi.

Shuningdek, eski hojatxona avariya holatida bo‘lib, uning yon tomonlari o‘pirilganligi sababli undan foydalanish xavfli ekani aniqlandi. Aristonga suv yetib bormasligi, suv yig‘ish uchun maxsus idish (bochka) o‘rnatilmagani hamda emlash xonasi va shifokor qabulxonasida qo‘l yuvish rakovinasi mavjud emasligi qayd etildi.

Bundan tashqari, chiqish zinasi yonidagi kafel qoplamalarining shikastlangani va ayrim qismlari qulab tushganligi aniqlanib, holat tanqidiy o‘rganildi.

Slide 1 of 5