Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
PARKENT TUMANIDA YANGI BOG‘CHA – SIFAT VA NAZORAT E’TIBORDA.

Parkent tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, ayniqsa maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Ana shunday bunyodkorlik ishlari samarasi o‘laroq tumandagi 420 o‘ringa mo‘ljallangan 8-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Mazkur bog‘chaning sifatli qurilib, foydalanishga topshirilganini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 11-Qoʻlichi saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubov Farxod Maxkamovich “Xo‘ja” mahallasi yettiligi bilan hamkorlikda 8-sonli DMTTda jamoatchilik nazoratini o‘tkazdi. Nazorat-tahlil jarayonida muassasada amalga oshirilgan qurilish va ta’mirlash ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xalq vakili tomonidan qurilish ishlarining sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan bog‘cha direktori hamda qurilish tashkiloti vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi va tegishli tavsiyalar berildi. O‘rganish yakunida quruvchilar tomonidan obyektda olib borilayotgan ishlar belgilangan talablar darajasida yakunlanishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 6