Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
📌 Bobur nomli mahallada o‘rganish olib borildi

📌 Bobur nomli mahallada o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputati Allabergenova Nilufar Anvarovna 2-Yozuvchilar saylov okrugi deputati Xasanov Laziz Saydivaliyevich saylangan Bobur nomli mahallada bo‘lib, “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, yo‘l transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan (24 ta tavsia asosida) chora-tadbirlar holatini atroflicha o‘rgandi.

🖇 O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla guzarida ham bo‘lib, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

👉 Deputat tomonidan ishlar sifatini oshirish, belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash hamda mahalla aholisiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1