Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Birgalikda kuchlimiz: Deputatlar "Jo‘yjangal" mahallasi infratuzilmasini o‘rgandi

⏺Uchrashuv davomida mahalla ahli bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha muhim takliflar tinglandi.

💬Jumladan quyidagi masalalar bo‘yicha takliflar berildi:

🔅Ichki yo‘llar: Ko‘chalarni asfaltlash va shag‘allashtirish;

🔅Elektr: Eskirgan simyog‘ochlar va transformatorlarni yangilash;

🔅Gaz: Tabiiy gaz bosimini barqarorlashtirish;

🔅Suv: Toza ichimlik suvi tarmoqlarini kengaytirish.

🫥Hududni kompleks rivojlantirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

📌Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–402-son qarorida belgilangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash hamda joylardagi infratuzilma muammolarini tizimli hal etish vazifalariga hamohang tarzda olib borilmoqda.

Slide 1 of 1