Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MABLAG‘ MONITORINGI VA MUAMMOLAR HAMDA YECHIMLAR

Kengash faoliyatining haftalik dayjestiga asosan xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi hodimlari bilan uchrashib, so‘ngra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17 sonli Farmoniga asosan mahallada istiqomat qilayotgan va xonadoni ta’mirlanayotgan fuqaroning yashash xonadonida bo‘lib, ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.   

Unga ko‘ra xonadonga nuqson dalolatnomasida ko‘rsatilgan aksariyat ishlar amalga oshirilganligi hamda qolgan ishlar shu hafta yakuni bilan yakuniga yetkazilishi rejalashtirilganligi ma’lum bo‘ldi. 

Deputat shuningdek, hududdagi bir guruh fuqarolar bilan ham suhbatlashib, mahallani obod qilish
yuzasidan hamkorlikka chaqirdi.