Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Tozalik va ekologiya — doimiy nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat mudiri A.Matniyazov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Nurli kelajak” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandi.

🚛 O‘rganish jarayonida hududda sanitariya holati, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimi, shuningdek xizmat ko‘rsatish sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

👤 “Toza hudud” DUK Taxiatosh tumani filiali rahbari Shishenbaev Nurlibek Naurizbaevich tomonidan mahalladan chiqindilarni olib chiqish tartibi, amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

📊 Shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash va aholi uchun qulay sanitariya sharoitlarini yaratish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

📌 Bunday joyiga chiqqan holdagi o‘rganishlar kommunal xizmatlar sifatini oshirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Hududlarda tozalikni saqlash — barcha uchun umumiy mas’uliyat ekani alohida ta’kidlandi.

________________________________________

✅ Toza hudud — sog‘lom hayot garovi!

Slide 1 of 3